Andijon Davlat
Universiteti
FAN OLIMPIADASINING YAKUNIY NATIJALARI BILAN TANISHING
2023-05-11    905

Bugun 10-may kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida umumta‘lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o`rtasida “Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan ko‘p bosqichli fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra kimyo yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni Madinabonu Xosilova, 2-o'rinni Ibrohimjon Shavkatov hamda 3-o'rinni Solijon Abduqaxxorov egalladi.

Biologiya yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin Rayxona Xusanova, 2-o'rin Xayitxon Ergasheva3-o'rin esa Jahongirmirzo Xolmirzayevga nasib etdi.

Shuningdek, axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni Tursunov Abduqodir, 2-o'rinni Haydarov Abdurasul va 3-o'rinni Azizbek Azimjonov egalladi.

Fizika yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni Ilyosbek Abdurahimov, 2-o'rinni Ubaydillo Dexqonov, 3-o'rinni Asadillo Mashrabboyev qo'lga kiritdi.

Fan olimpiadasi yakunida g’оlib bo’lgan o’quvchilar universitet ma’muriyati tomonidan esdalik sovg’alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.