Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi viloyatdagi barcha OTMlarda tahsil olayotgan magistrantlar bilan uchrashdi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Muzaffar Madazimov, universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, magistratura bo‘limi mutaxassislari va viloyatdagi davlat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 420 nafar magistrantlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘z olgan Muzaffar Madazimov barcha jabhalarda talabalarni faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, yoshlarni tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ta'limni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish va bu borada tashkilot oldida turgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtaldi.
Uchrashuv davomida magistrantlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Qiziqarli, bahs-munozalar bilan o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI