Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETLARARO TALABA-YOSHLAR O'RTASIDA “REKTOR KUBOGI” UCHUN QVZ KO'RIK-TANLOVI O'TKAZILDI
2023-05-10    625

Andijon davlat universitetida talaba-yoshlarning quvnoqligi, zukkoligi kreativ fikrlash qobilyatini hamda universitet QVZ klubi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida bugun, 10-may kuni katta majlislar zalida fakultetlararo talaba-yoshlar o'rtasida "Rektor kubogi" uchun "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

Tantanali tadbirni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha jamoaga omad tiladi.

 

Tanlovda jami 5 ta jamoa 40 nafar talaba-yoshlar 3 ta shart asosida o'zaro bellashib, quyidagi natijalarni qo'lga kiritdi:

1-o'rinni Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining "Iqtisod" jamoasi, 2-o'rinni San'atshunoslik fakultetining "Milliy-art" jamoasi, 3-o'rinni esa sirtqi bo'limi talabalarining "Amakivachchalar" jamoasi egalladi.

 

 

Tanlov so'nggida g'olib bo'lgan jamoaga universitet ma'muryati tomonidan rektor kubogi hamda 5 million, ikkinchi o'ringa 4 million, uchinchi o'ringa esa 3 million so'm pul mukofotlari tantanali topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.