Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA ILMIY-TEXNIK AXBOROT MARKAZI MUTAXASSISLARI TOMONIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI
2023-05-06    458

Joriy yilning may oyidan boshlab respublikamizning 12 ta viloyatida 5 oy davomda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushurilgan ilm-fan sohasiga oid elektron platformalarni keng targʻib qilish maqsadida seminarlar tashkil etilish belgilangan.

 

Bugun, 6-may kuni Andijon davlat universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi vakillari ishtirokida oliy ta'lim muassasalaridagi ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqоtchilar uchun seminar trening tashkil etildi.

 

Unda viloyatimizdagi barcha davlat oliy talim muassasalari ilmiy ishlari bo‘yicha prorektorlari, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan “Oʻzbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarini yagona elektron bazasi”(slab.gov.uz) , “Milliy ilmiy portal”(nsp.gov.uz) va “Ilmiy-texnik axborot tizimi”(ias.gov.uz) kabi elektron platformalar haqida amaliy tushunchalar berildi.

 

Seminar so'nggida mavzu bo'yicha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga keng va atroflicha javob berildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.