Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA UMUMTA'LIM MAKTAB O'QUVCHILARI O'RTASIDA FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI O'TKAZILDI
2023-05-06    801

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va  innovatsiyalar vazirligi Andijon Davlat universiteti hamda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida umumta‘lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o`rtasida “Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan ko‘p bosqichli fan olimpiadalarini o‘tkazish belgilangan edi.

Bugun, 6-may kuni Andijon davlat universitetida  umumta‘lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o'rtasida fan olimpiadasining Andijon viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.

Fan olimpiadasini universitetning Axborot texnologiyalari bo'yicha prorektor Madaminjon Mahkamov tantanali ochib berdi va barcha qatnashchilarga omad tiladi. 

Mazkur olimpiadada viloyatdan jami 48 ta maktabdan 160 nafardan ziyod o'quvchilar Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o'zaro bellashdilar.

O'quvchilarning ota-onalari ta'lim muassasamizning katta majlislar zalida o‘rnatilgan katta monitor orqali imtihon jarayonlarini  adolatli va shaffof o'tishini jonli kuzatib bordilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.