Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ" NOMLI MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR BO'LIB O'TDI
2023-05-05    624

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtning tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

Bugun, 5-may kuni Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Xotira muqaddas - inson qadri aziz" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Respublika ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha Jalaquduq tumani bo'limi boshlig'i N.Xurxonova, Jalaquduq tumanida istiqomat qilayotgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, nuroniylar, 34241-sonli harbiy qism ofitserlari va askarlari, fakultet professor-o'qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda fakultet dekani A.Medatov so'z olib, 2-jahon urushida halok bo'lgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirib, tantanali bayram tadbirini ochib berdi.

 

Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan tinchlikni math etuvchi she’rlar, raqslar, taronalar ijro etildi.

Tadbir so’nggida universitetimiz ma'muryati tomonidan tuman jangchi faxriylar hamda devoriy gazetalar tanlovi qatnashchilari qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.