Kuni kecha Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida Axborot texnologiyalari bo'yicha prorektor Madaminjon Maxkamov boshchiligida "Talabalarning ilmiy innovatsion Start up g'oyalarini qo'llab-quvvatlash" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i J.Nizomov va ta'lim muassasamizning iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida prorektor Madaminjon Maxkamov yoshlarning innovatsion g’oyalari va startap-loyihalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning qisqa muddatli intensiv dasturi, innovatsion g’oyalarning hayotiyligini tezkor tekshirish, minimal ishchi mahsulotlarini yaratish, biznes modellarini sinab ko’rish, yoshlarda innovatsion tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan master klass o'tib berdi.
Uchrashuv yakunida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi qoshida kompyuter savodxonligi o'quv to'garagini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga maxsus sertifikat topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI