Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA TALABA-YOSHLARNING BO'SH VAQTLARI MAZMUNLI VA TIZIMLI TASHKIL ETILMOQDA
2023-05-03    631

Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan ishlashda yangicha tizimni joriy etish borasida ilgari surilgan tashabbusning ijrosini ta’minlash, shuningdek ,talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etish maqsadida ta'lim muassasamizda madaniy-adabiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Bugun, 3-may kuni Andijon davlat universitetining ikkinchi talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida  "Kitob–ma'naviyat ko‘zgusi" nomli badiiy kecha va konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir dasturida talabalar o'zlari tanlagan kitoblar haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi va kechki konsertdagi raqslar, quvnoq chiqishlar yig'ilgan yoshlarga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

Tashkil etilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoshlarning jismoniy, ijodiy, psixologik, ilmiy va aqliy jihatdan yetuk boʻlishlariga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.