Andijon Davlat
Universiteti
"JAHON SAVDO TASHKILOTI IMKONIYATLARI VA CHAQIRUVLARI" MAVZUSIDA SEMINAR O'TKAZILDI
2023-05-02    601

Bugun, 2-may kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining mas'ul xodimlari ishtirokida "Jahon savdo tashkiloti a'zoligining imkoniyatlari va chaqiruvlari" mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bosh mutaxassisi Jahongir Yuldashev, BMT Taraqqiyot Dasturi mutaxassisi Nosirxon G'ozixonov, Ijtimoiy-iqtisodiyot va tabiiy fanlar fakultetlarining 100 ga yaqin talabalari ishtirok etdi. 

Seminar davomida maruzachi Javohir Yuldashev va Nosirxon G'ozixonovlar tomonidan iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish, alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash, tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish, Oʻzbekistonni JSTga qoʻshilishining obyektiv zaruratlari va JST ga a'zo va a'zo bo'lish jarayonida bo'lgan davlatlar bo'yicha ma'lumotlar berib o'tdilar.

Tashkil etilgan seminardan talaba-yoshlar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma'lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.