Bugun, 1-may kuni Andijon davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi sirtqi bo‘limining informatika o'qitish metodikasi hamda boshlang'ich ta'lim yo‘nalishlari talabalari ishtirokida “Korrupsiya rivojlanishimizga to'siq” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov so‘z olib, yozgi semestr davomida o‘tkaziladigan joriy, oraliq va yakuniy nazorat imtihonlari, bitiruv malakaviy ishlari tayyorlanishida korrupsion holatlarni oldini olish hamda halollik va shaffoflikka erishish kerakligini ta'kidlab, korrupsion holatlarga duch kelganda yoki guvohi bo‘lganda bo‘limning telegamdagi botiga va ishonch telefoniga murojaat qilishlarini bo‘yicha ogohlantirildi.
Shundan so‘ng, universitet profilaktika katta inspektori U.Nazarov bugungi kunda talaba-yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida ma'lumotlar berib, talabalar orasida kelib chiqayotgan huquqbuzarliklardan misollar keltirib o'tdi.
Mazmunli suhbat jarayonida korrupsiya va huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlar aytildi, korrupsion harakatlar natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI