Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY KENGASHINING 2022/2023-O’QUV YILIDAGI 9-SONLI YIG’ILISHI O’TKAZILDI
2023-05-01    645

Bugun, 1-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida Ilmiy kengashning 2022/2023-o'quv yilidagi 9-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida, universitet rektori A.Yuldashev O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qaror va buyruqlari hamda uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarini belgilash va berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, professor-o'qituvchilarni va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berib o'tdi.

Shundan so‘ng, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov universitetning fakultetlararo chet tillari kafedrasi mudiri Sherali Shokirovni professorlik ilmiy unvoni diplomini olganligi, Qozog‘iston hukumati tomonidan o‘zbek xalqining tili, madaniyati va an'analarini, millatlararo totuvlikni rivojlantirishdagi hamda jamoat ishlaridagi samarali faoliyati uchun Muqaddasxon Tojiboyeva "Do‘stlik" medali bilan taqdirlanganligi va Turkmanistonda o‘tkazilgan xalqaro ochiq matematika "OMOUS-2023" olimpiadasi sovrindorlarini samimiy qutladi.

Yig'ilishda o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov so'z olib, Davlat attestatsiya sinovlari va bitiruv malakaviy ish, magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida so'z yuritdi.

Yig‘ilish davomida Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Nizomov, Yoshlar yetakchisi O.Olimjonovlar so‘zga chiqib, "O'zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta'lim muassasalardagi boshlang'ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qo'shma qarorning mazmun-mohiyati hamda iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyati bilan ishlash holati bo'yicha hisoboti o'qib eshittirildi.

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha kelgusi bir oy davomidagi qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.