Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI O'RTASIDA "MUNOZARA" TURNIRINING UNIVERSITET BOSQICHI O'TKAZILDI
2023-04-29    495

Xabaringiz bor, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, mantiqiy va kreativ fikrlash hamda mavjud muammolar yechimi ustida mohirona munozara olib borish maqsadida talabalar o'rtasida “Munozara” respublika turnirini oʻtkazilishi bo'yicha e'lon bergan edik.

Bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat universiteti talabalari o'rtasida ushbu turnirning universitet bosqichi bo'lib o'tdi.

Turnirda ta'lim muassasamizning barcha fakultetlaridan 9 ta jamoa 60 ga yaqin talaba-yoshlar axborot resurs markazida jam bo'ldi.

Bahs munozaralarga boy o'tgan turnirning yakuniy natijalariga ko'ra birinchi o'rinni Tarix fakultetining "Jadidchilar", ikkinchi o'rinni Axborot texnologiyalar fakultetining "Algaritm", uchinchi o'rinni esa, Filologiya fakultetining "Hurriyat" jamoalari egalladi.

Turnirda g'olib bo'lgan jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi va universitet ma'muryatining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.