Andijon Davlat
Universiteti
XALQARO MATEMATIKA "OMOUS-2023" OLIMPIADASIDA 60 TA DAVLAT TALABALARI O'RTASIDA ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI UCHINCHI O'RINNI EGALLADI
2023-04-28    948

Joriy yilning 23-28-aprel kunlari Turkmaniston ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida xalqaro ochiq matematika "OMOUS-2023" olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Xalqaro ochiq olimpiadada 60 ta davlatdan jami 500 ga yaqin talabalar ichida O'zbekistonlik Andijon davlat universitetining 5 nafar talabalari ham ishtirok etdi.

Talaba-yoshlar olimpiada dasturida nazarda tutilgan yakkalik va jamoaviy bosqichlarda o‘zaro bahslashdi.

Quvonarlisi murakkab matematik masalalarni yechishda universitetimizning fizika-matematika fakulteti talabalari yakkalik bahslarda Akbarshox Muxammadjonov va Jamshid Xasanovlar kumush, Abduvali Xabibullayev bronza, jamoaviy bahslarda esa, universitetimiz talabalari bronza medalini qo'lga kiritib, ochiq matematika "OMOUS-2023" olimpiadasi  sovrindorlari bo'ldi.

Olimpiada sovrindorlari va ularning ustozlarini O'zbekistonning barcha yoshlari va universitet jamoasi nomidan qutlaymiz va kelgusida bundanda yuqori marralarni egallashida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.