Kuni kecha Andijon davlat universitetining ikkinchi talabalar turar joyida universitet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida talaba-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-siyosiy faollikni, qonunchilikka oid yangiliklardan xabardor qilish, huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida “Qonun ustuvorligini taʼminlashda xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida seminar-trening mashgʻuloti oʻtkazildi.
Trening mashgʻulotlarida Andijon viloyati ixtisoslashtirilgan taʼlim agentligi hududiy boʻlim boshligʻi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati A.Abdurahimov, Andijon shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati huquqshunos va psixologi G.Ashurova va ta'lim muassasamizning 70 nafar talaba-qizlari ishtirok etdi.
Seminarda mutaxassislar tomonidan mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar bo'yicha tushunchalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI