Andijon Davlat
Universiteti
"XALQARO SERTIFIKATLAR IMKONIYATI VA IT TAʼLIM" MAVZUSIDA SEMINAR O'TKAZILDI
2023-04-26    403

Bugun, Andijon davlat universitetida IT park vakillari ishtirokida universitetimiz talaba-yoshlari uchun "Xalqaro sertifikatlar imkoniyati va IT ta'lim" mavzusida seminar trening bo'lib o'tdi.

Seminarda Respublika IT parkining xalqaro IT-sertifikatlar bo'yicha boʻlim boshligʻi M.Anvarov, davlat va idoralar bilan ishlash boʻyicha bosh menejer I.Djurayev, universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor I.Karimjanov, Axborot texnologiyalari bo`yicha prorektor A.Mahkamov va ta'lim muassasamiz talabalari ishtirok etdi. 

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan xalqaro IT-sertifikatlarini olishda 50 foizgacha harajatlarni qoplash tizimi, xalqaro IT-sertifikatlar roʻyhati, COURSERA platformasi hamda ushbu platforma orqali talabalar mingga yaqin kasbiy kurslardan foydalanishlari haqida ko'plab ma'lumotlar berib o'tdi. Bundan tashqari talabalar uchun ushbu kurslarning eng abzallik tomoni shundaki, ular kurslarni tamomlab xalqaro korxonalar yoki firmalarga ishga kirish imkoniyatiga ham ega bo'lishlarini alohida ta'kidlandi.

Tashkil etilgan seminarda barcha talaba-yoshlar o'zlari uchun muhim va kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.