Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "28-APREL - BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI" MUNOSABATI BILAN SEMINAR O'TKAZILDI
2023-04-26    561

“Inson qadri” ustuvor jamiyatda fuqarolarning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, hayoti va sog‘ligi, ish qobiliyatining saqlanishini ta’minlash masalalari hamisha dolzarbligicha qoladi.

 

Bugun, 26-aprel Andijon davlat universitetida Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan universitet professor-o'qituvchilari va ishchi xodimlari uchun "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan seminar tashkil etildi.

 

Unda Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish Bandlik bosh boshqarmasi inspektori I.Mamadaliyev, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi huquq inspektori X.Usmonov, Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassisi D.Qayumov, o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov universitet professor-o'qituvchilari ishchi-xodimlari hamda talabalari ishtirok etdi.

 

Seminar davomida soha vakillari tomonidan xodimlarga mehnat muhofazasida qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanliklari, ish beruvchiga qo‘yiladigan talablar birma-bir aytib o‘tilib, ish joyida yuzaga keladigan zararli omillardan o‘zni qanday himoyalash mumkinligi misollar bilan tushuntirildi.

 

Seminar so'nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.