Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA SHOIR MUHAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 69 YILLIGI MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
2023-04-26    625

O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo'stonida gul ko'p, chechak ko'p. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday shoirlarimizdan biri, shubhasiz O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufdir.

Bugun, 26-aprel kuni Andijon davlat universitetida shoir Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov soʻzga chiqib, shoirning koʻngilga xush yoquvchi goʻzal satrlarga boy ijodi haqida hamda talaba-yoshlarga shoirning mazmunli hayot yoʻli toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Adabiy-badiiy kechada professor-o'qituvchilar va iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan shoir qalamiga mansub she'rlar ijro etildi.

Tashkil etilgan ushbu adabiy-badiiy kechada shoir Muhammad Yusuf go'zal xotiralar bilan yodga olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.