Andijon shahridagi Muhammad Yusuf maydonida el suygan ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlanib, “Yurtim, seni iddaolar qilmay sevaman” deb nomlangan adabiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyot muxlislari, keng jamoatchilik vakillari qatorida Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida professor-o'qituvchilarimiz va iqtidorli talabalarimiz ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Muhammad Yusuf byusti poyiga gulchambarlar qo‘yilib, marhum shoirga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbirda so‘z olganlar shoir hayoti va ijodi, ayniqsa, uning yurtni, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi betakror satrlari xalqimiz qalbidan mustahkam joy olganligi, shoir she’rlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, yurtga fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Tadbir haqiqiy adabiyot, she’riyat bayramiga aylanib ketdi. Tadbir davomida Andijon davlat universitetining professor o'rituvchilari va talabalari tomonidan shoir she’rlaridan namunalar, shuningdek, shoirga atab yozilgan she’rlar o‘qildi, san’atkorlar tomonidan shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar yangradi.
Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlangan bu kabi adabiy tadbirlar mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida, xususan, shoir tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumanidagi Qovunchi mahallasida kechga qadar davom etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI