Andijon Davlat
Universiteti
"O'ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS VA INNOVATSION JARAYONLAR" MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O'TKAZILDI
2023-04-26    599

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mehanizmlarini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son Qarori va 2023-yil tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, 26-aprel kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida "O'zbekistonda uchinchi renessans va innovatsion jarayonlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman bo'lib o'tdi.

Dastlab, ilmiy-amaliy anjumanni ochib berish uchun Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Iqboljon Karimjanov so'zga chiqib, bu kabi anjumanlar ko'plab tashkil etilishi, bu o'z navbatida ta'lim sohasini yanada rivojlanishiga yo'l ochib berishi to'g'risida gapirib o'tdi.

Unda fizika kafedrasi professori, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi S.Zaynabiddinov, Xalq tabobati akademiyasi prezidenti, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ixtirochi I.Asqarov Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor I.Karimjanov, fizika-matematika hamda tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Anjuman davomida ma'ruzachilar tomonidan kun tartibiga qoʻyilgan barcha maʼruzalar jumladan, Metallooksidlar asosidagi elektron qurilmalar ishlab chiqarish istiqbollari, Oʻzbekistonda yaratilgan tovarlar kimyosi va xalq tabobati fanlari, hamda ularning dunyo ilm-fani rivojlanishida tutgan oʻrni, Muhammadvafoi karminagiyning “To'hfat- ul- xoniy” asari yangi nashri haqida va Orol dengizi va Orolboʻyidagi ekologik vaziyatga gidrologik omillarning taʼsiri ma'vzularida barcha maʼruzalar tinglandi va yakunda yigʻilganlar tomonidan savol-javoblar tashkil etildi.

Tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman professor-o'qituvchilarga, soha mutaxassilariga hamda magistrant talabalarga foydali ma'lumotlar almashinuvi uchun xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.