Andijon Davlat
Universiteti
DAVRA SUHBATI: “YOSHLARDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI”
2018-04-10    4654

Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida “Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish omillari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya Vazirligi yuristlar malakasini oshirish markazi “Fuqarolik huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori professor Fayziev Shuhrat Xasanovich, Andijon davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Azamat Shodmonovich Mamatyusupov, Andijon davlat universiteti yuriskonsulti Mo‘tabarxon Sodiqova, Ijtimoiy iqtisodiyot fakul’teti ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sarvarbek Ismoilov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari, MG‘MAHT yo‘nalishining 85 nafar  talabalari qatnashdilar.

Davra suhbatini universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Mamatyusupov ochib berdi va bugungi kunda davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sh.Fayziev tomonidan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYaSI” doirasida milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Hamda, 2018 yil 29-30 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 14 yalpi majlisida qabul qilingan qonun loyixalarining amaliyotda zarurati bo‘yicha misollar bilan talabalarga tushunchalar berdi.

Talabalar xukumatimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan qonun loyixalarning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Suhbat qiziqarli va maroqli davom etdi.

Hayitxon ISMOILOVA
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.