Ma'lumki, ta'lim muassasamiz Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashining asosiy vazifalaridan biri talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan talaba-qizlarning TTJda yashash, mustaqil ta’lim olish bilan bog’liq sharoitlarini va ijtimoiy, psixologik va maishiy muammolarini o’rganish, qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo’yicha tizimli ishlarni olib borishdan iborat.
Kuni kecha Andijon davlat universitetida Ramazon hayiti munosabati bilan universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi hamda fakultet xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan boshqa viloyatlik hamda olis hududlardan kelib tahsil olayotgan 28 nafar talaba-qizlarning holidan xabar oldilar.
Uchrashuv davomida talaba-qizlar bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etilib, ularning taklif-mulohazalari tinglandi va kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan gigiyena vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI