Azal-azaldan keksa va ko‘makka muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishni odamiylik burchi hisoblaydi xalqmiz. Ayniqsa, bayram kunlarida yolg‘iz keksalar, imkoniyati cheklangan, yordamga muhtoj yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlab, ko‘ngillarini ko‘tarish, xursandchilik ulashish maqsadida ularning holidan xabar olish an’anaga aylangan.
Bugun, 20-aprel kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo'qotgan fuqarolarning holidan xabar olish uchun Asaka tumanida bo'ldi.
Tashrif doirasida Birdamlik, Amir Temur, Yangisor, Qoraqiy va Devatagi MFYlarida yashovchi 50 nafar imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olindi. Fuqarolar xonadoniga birma-bir kirib ularning yashash sharoitlari oʻrganildi hamda ularning kundalik ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
O'rganish ishlari davomida yolg'iz voyaga yetkazayotgan ayollarning farzandlariga o'qishlari uchun bepul o'quv kurslar tashkil qilinib, kitoblar jamlanmasi hamda bayram sovg'alari topshirildi. Bundan tashqari, bemor fuqarolarning davolanishi uchun amaliy yordam koʻrsatildi.
O‘z navbatida hadyani qabul qilgan fuqarolar yurtimizdagi islohotlarni e’tirof etib, hech kim e’tibordan chetda emasligidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI