Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABALAR TURAR JOYLARIDA MADANIY-MA'RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2023-04-20    567

Kuni kecha Andijon davlat universitetining talabalar turar joylarida talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari, zakovat intellektual o‘yini va madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Dastur doirasida talaba-yigitlar o‘rtasida futbol, talaba-qizlar o‘rtasida voleybol va yoshlar o‘rtasida yakkalik zakovat intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o’zlarining chaqqonlik, bilim va ko’nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

Talabalar turar joyining ma'naviyat zalida esa, “Humo” talabalar teatr studiyasi a'zolari navbatdagi spektakl namoyishiga fakultet dekani Ravshanbek Shamsutdinov boshchiligida astoydil mehnat qilib, tayyorgarlik ko‘rdilar.

Dasturda iqtidorli yoshlar tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Gulxan atrofida yoshlarni birlashtirgan bu oqshom barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.