Bugun, 18-aprel kuni Andijon davlat universitetida rektor tashabbusi bilan talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida basketbol, futbol, zakovat va "Gulxan shou" tadbirlari tashkil etildi.
Dastlab, talaba-yigitlar o‘rtasida futbol, basketbol, talaba-qizlar o‘rtasida esa voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirda 12 ta jamoa 72 nafar talabalar g'oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.
Shundan so‘ng, universitetimiz axborot resurs markazida talaba-yoshlar o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi. Intellektual bahslarda talabalar o’zlarining bilim, ko’nikma hamda mantiqiy, teran fikrlash qobilyatlarini sinovdan o’tkazdilar.
Tadbir davomida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida ikkinchi talabalar turar joyida barcha talabalar uchun jonli musiqa va jonli ijro hamohangligida yoshlar oqshomi "Gulxan shou" tashkil etildi. Tadbirda universitetimizning iqtidorli va iste’dodli talabalari tomonidan turli xil jonli ijrodagi qo‘shiqlar kuylandi va qiziqarli oʻyinlar tashkil etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI