Bugun, 18-aprel kuni Andijon davlat universitetida bitiruvchilar bandligini taʼminlash va ish beruvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Uchrasuvda Maktabgacha va xalq taʼlimi boshqarmasi muassasalari, “Sifat savdo grant” MCHJ, Shahrixon sut MCHJ (Rash milk), Top-oil MCHJ hamda Sahovat klaster MCHJ korxonalari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida bitiruvchi bosqich talabalari va ish beruvchilar bilan yaqindan muloqot oʻtkazib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldi.
Ushbu mehnat yarmarkasida ish beruvchilar va talabalar oʻrtasida jami 36 nafar bitiruvchi ishga joylashib, mehnat shartnomasi imzoladilar. Bundan tashqari tadbir doirasida fakultetlardagi talabalarning erishgan ilmiy yutuqlari, ijodiy va ilmiy ishlarini ko'rsatgan holda, o'zlari tayyorlayotgan kadrlarning imkoniyatlarini ochib beruvchi yarmarka ham tashkil qilishdi.
Mehnat yarmarkasida talabalar mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan yaqindan tanishdilar. Eng ahamiyatlisi, ish beruvchilar va bitiruvchi bosqich talabalari oʻrtasida erishilgan foydali kelishuvlar yaqin kelajakda oʻzining samarasini beradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI