Joriy yilning 17-aprel kuni Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida talabalar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yinlari bo'lib o'tdi.
Turnir avvalida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mas'ul xodimi A.Ochilov talaba-yoshlarga referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida fikr bildirib o‘tdi.
O‘tkazilgan Zakovat intellektual o‘yinlarida 8 ta jamoada jami 50 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.
"Zakovat" intellektual turnirining keyingi bosqichlarida siz ham oʻz jamoangiz bilan ishtirok etib, gʻoliblik uchun bahs olib boring!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI