Joriy yilning 15-aprel kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan umumtexnika fanlari, mehnat ta'limi va umumiy pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Suhbat avvalida, boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi borasida ma’lumot berdi.
Mazmunli suhbat jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan korrupsion holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar aytildi va korrupsion harakatlar natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI