Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA “REFERENDUM-2023: KELAJAGING UCHUN OVOZ BER!” SHIORI OSTIDA NAVBATDAGI TASHVIQOT TADBIRI O'TKAZILDI
2023-04-14    642

Bugun, 14-aprel kuni Andijon davlat universitetida “Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O'zLiDep Andijon viloyati kengashi raisi X.Xalilova Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari U.Zokirova, T.Karimov, B.Qodirov, T.Axmadaliyev J.Ergashevlar, Yoshlar parlamenti aʼzolari, Fizika-matematika fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan ma'ruzachilar tomonidan yangi Konstitutsiyaning asosiy prinsip va normalari, yangi tahrirdagi moddalarning mazmun-mohiyati xususida maʼruza qilindi va barcha ishtirokchilarni joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda faol boʻlishga chaqirdilar.

 

Deputatlar tadbir ishtirokchilariga referendum qonunchiligi va amaliyoti boʻyicha keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borish bilan bir qatorda talabalarni qiziqtirgan savollariga ham batafsil javob berdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.