Andijon Davlat
Universiteti
HAMKORLIKDA ZAMONAVIY MEHNAT BOZORI TALABLARIGA JAVOB BERUVCHI KADRLAR TAYYORLASH: NATIJA VA MAQSAD
2023-04-14    507

Joriy yilning 12-aprel kuni Andijon davlat universitetiga ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida Polotsk davlat universitetining Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Golubev Yuriy Petrovich hamda Texnologik taʼlim kafedrasi mudirasi Dovgyalo Natalya Viktorovna tashrif buyurdilar.

Tashrif avvalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev qabulida bo'lib, ikki davlat universitetlari o'rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari borasida kelishuvlar va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Shundan soʻng, universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov hamda Yuriy Petrovich ishtirokida ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida kengaytirilgan muzokaralar oʻtkazilib, kelgusida qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va amaliyotlar tashkil etish, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish boʻyicha kelishib olindi.

Belarus Respublikasining ushbu oliy ta’lim muassasasi bilan tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturi asosida hozirda ikkinchi bosqichda tahsil olayotgan va keying bosqichlarni Polotsk davlat universitetida davom ettirishni rejalashtirayotgan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Texnologik taʼlim kafedrasi mudirasi Natalya Viktorovna Polotsk davlat universitetidaa talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.