Kuni kecha Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida Tarix fakultetining uchinchi bosqich talabalari o’rtasida “Manbashunoslik” fanidan “Manbalar tilga kirganda” nomli ilmiy - intellektual tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda 8 ta jamoa tezkor savol-javob, ta’rif, xatoni toping, test, polechudes, rasmli savol, aslini top shartlari bo'yicha 20 ta manbaa jumladan, “Tarixi arba’ ulus” – Mirzo Ulug’bek,“Buxoro tarixi “ – Abu Bakr Narshaxiy,“Abdullonoma” - Hofiz Tanish Buxoriy,“Shajarai turk va mo’g’ul” – Abulg’oziy Bahodirxon, “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” – Herman Vamberi asosida o'zaro bellashdilar.
Tadbir bahs-munozara va tortishuvlarga boy bo’lib, yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rinni - 302-guruhning "Aristokratlar" jamoasi;
2-o'rinni - 303-guruhning "Boburiylar" jamoasi;
3-o'rinni - 307-guruhning "Fozillar" jamoasi egalladi.
Tadbir so'nggida g'olib jamoalar fakultet dekanining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Tadbirni o'tkazishdan maqsad talaba-yoshlarning ushbu fandan olgan bilimlarini mustahkamlash va talabalarning fanga qiziqishini oshirish, talabalarni mustaqil ta’lim olishlari, ijodiy fikrlay olishlari, mustaqil mushohada yuritishlari, fanning mohiyatini yanada mukammal tushunishlari hamda arab, fors, tojik, turkiy tillardagi manbalar bo’yicha tasavvurga ega bo’lishlari ko’zda tutilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI