Andijon Davlat
Universiteti
AMIR TEMUR- BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA
2018-04-09    21057

O‘zbekiston necha daholaru donishmandlarga, shoiru sarkardalarga, allomayu ulamolarga, bunyodkor, adolatli shohlarga beshik bo‘lgan, alla aytgan diyor. Ularning sanog‘iga yetmaysan kishi. Abu Ali ibn Sino bo‘ladimi yoki Farobiy, Alisher Navoiy bo‘ladimi yoki Zahiriddin Muhammad Bobur har biri bilan faxrlansak, g‘ururlansak, qaddimizni g‘oz tutib, ular izidan borsak arzir.

Shoh va sarkarda, donishmand, o‘zi tuzgan katta davlat bilan dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirgan bunyodkor Sohibqiron Amir Temur nafaqat buyuk bobokalonimiz, balki g‘urur va iftixorimizdir.

2018 yil 9 aprel kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida Buyuk bobkolonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan “Amir Temur- buyuk davlat arbobi va sarkarda” mavzusida universitetning Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda tarix fakulteti dekani t.f.n. R.Shamsitdinov “Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishdagi roli”, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti E.Erkaev  “Amir Temurning o‘zbek davlatchiligidagi tutgan o‘rni”, O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri dotsent S.Xoshimov “Amir Temurning jang qilish san’ati” mavzularida ma’ruza qildilar. Ma’ruzalarda bugungri kunda A.Temur hayoti, sarkardalik qobiliyati, davlat boshqaruvi, bunyodkorlik faoliyatlari to‘g‘risida hamja Jaxon hamjamiyatida tutgan o‘rni borasida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Jumladan, jahonning ellikdan ortiq mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Temur va Temuriylar davriga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblar chop etilmoqda. O‘tgan olti yuz yil mobaynida Yevropa tillarida Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan salmoqli asarlarning soni 500 ga yetdi, Sharq tillarida esa 900 dan oshdi.

Tadbirda tarix fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan A.Temur hayotiga bag‘ishlangan saxna ko‘rinishi, filologiya va xorijiy tillar fakulteti talabalari tomonidan esa Amir Temurni sharaflovchi she’rlar ijro etildi. Shuningdek, pedagogika fakultetining iqtidorli talabalari o‘rtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda   Amir Temur portiretini yaratgan 4 nafari hamda tadbirni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan 16 nafar talabalar universiteti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir barchada katta taasurot qoldirdi.

Iqboljon DJUMABOEV
Tarix fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.