Bugun, 13-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining ikkinchi bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi Xabibullo Husanov referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz va unda istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotida tutadigan o‘rni, yoshlarga qaratilgan e'tibor, kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligini ta'kidlab o'tdilar.
Tadbirda ishtirokchilar yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’limga oid ko'plab normalar kiritilayotgani haqida ma’lumot olishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI