Bugun, 13-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev tyutorlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kelgusi ishlarni belgilab berish maqsadida ta'lim muassasamizda faoliyat olib borayotgan tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda universitet rektori tyutor talabalarni eng yaqin do‘stiga aylanishi kerakligini, har bir talaba bilan individual shug‘ullanish lozimligini, ularning yutuq va muammolari ham universitetga tegishliligini, ijarada, talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan talabalarni yashash sharoitlarini o‘rganish, shuningdek, asosiy masala, talabaning bilim olishi ekanligini alohida ta’kidlab, har bir talaba bilan individual faoliyat olib borish lozimligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tyutorlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib, kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilandi.
Uchrashuv so'nggida rektor tomonidan tyutorlarga talabalar hayotini doimiy monitoring va nazorat qilib borish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI