Joriy yilning 12-aprel kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining turizm yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Biz yoshlar – ijtimoiy muammolarga befarq emasmiz. Referendumda oʻz kelajagimiz uchun ovoz beramiz!” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Uchrashuvni Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Iqtisodiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi, OʻzNNTMA qoshidagi trenerlar shtabi aʼzosi Shuhratbek Kamolov olib bordi.
Uchrashuvda Shuhratbek Kamolov talaba-yoshlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi mazmun-mohiyati, unga kiritilayotgan normalarga to'htalib, barcha islohotlar bir maqsadga – har bir insonning ushbu yurtda erkin yashashi va barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilganini, yoshlarga berilayotgan yuksak eʼtibor toʻgʻrisida atroflicha tushunchalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI