Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA OZARBAYJONLIK ADABIYOTSHUNOS OLIM RAMIZ ASKAROV BILAN ADABIY UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
2023-04-12    428

Bugun, 12-aprel kuni Andijon davlat universitetiga Ozarbayjon davlatidan adabiyotshunos olim, professor Ramiz Askarov tashrif buyurdi.

 

Tashrif buyurgan mehmon universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev tomonidan munosib kutib olindi va universitetning kichik majlislar zalida filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuv avvalida rektor Akramjon Yuldashev so‘z olib, bugungi o‘zbek adabiyotining buyuk tarixi, ulug‘ ajdodlarimizning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida gapirib o‘tdi.

 

 

So‘ng uchrashuv mehmoni, professor Ramiz Askarov Navoiyning boqiy merosi, Bobur asarlari, ularning o‘rganilish tarixi haqida fikr bildirib o‘tdi. Shuningdek, o‘zining Navoiy asarlarini o‘rganish borasidagi ilmiy ishlari, noyob asarlari, Navoiy asarlari tarjimasi, ilmiy ishlari borasida erishgan yutuqlari haqida ma'lumot berib, universitetimiz kutubxonasiga o'zining ijodidagi ko‘plab kitoblarni hadya etdi.

 

Uchrashuv davomida adabiy mulohazalar bildirildi, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro fikrlar almashdilar. Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar adabiyotshunos olim Ramiz Askarov haqida o'zlari uchun muhim bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

 

Uchrashuv so‘nggida rektor tomonidan Ramiz Askarovga "Andijon davlat universiteti Faxriy professori" unvoni tantanali topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.