Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA “REFERENDUM VA YOSHLAR" UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
2023-04-11    727

Ayni kunlarda butun Respublikamiz boʻylab “Referendum 2023: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida targʻibot tadbirlari, davra suhbatlari, yoshlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

 

Bugun, 11-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida “Referendum va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmita raisi oʻrinbosari, senator Tolibjon Madumarov, senator Matlubaxon Gʻaniyeva, senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Alimov, universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda senator Tolibjon Madumarov tomonidan Forumda mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotgani, jumladan ta’lim sohasi, ilm-fanga oid normalar qariyb ikki barobarga oshirilayotgani bo'yicha atroflicha tushunchalar berdi.

 

Bundan tashqari uchrashuv davomida so'z olganlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasidagi islohotlar haqida tushunchalar berib, xalqimizning iroda va takliflarini o‘zida aks ettirayotgan konstitutsiyamiz, millat, xalq manfaati va adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam ekanligini taʼkidlab o'tdi.

Tashkil etilgan uchrasuvdan ishtirokchilar yangilanayotgan Konstitutsiyada talaba-yoshlar, o'qituvchilar va oliy ta’limga oid ko'plab normalar kiritilayotgani haqida ma’lumot oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.