Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABALARI O'RTASIDA "KITOBXON TALABA" KO'RIK-TANLOVI O'TKAZILDI
2023-04-11    682

Xabaringiz bor, talaba-yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ'ib etish, kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshrish maqsadida "Kitobxon talaba" respublika ko'rik-tanlovini e'lon qilgan edik.

 

Joriy yilning 10-11-aprel kunlari Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida "Kitobxon talaba" respublika ko'rik-tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi.

 

Tanlovda ta'lim muassasamizning barcha fakultetlaridan 50 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etib, 3 ta shart bo'yicha g'oliblik uchun bor bilimlarini amalda namoyon qildilar.

 

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:

1-o'rinni - Filologiya fakulteti 104-guruh talabasi Jamoldinova Risola 53.5 ball;
2-o'rinni - Pedagogika fakulteti 309-guruh talabasi Muharramoy Qambarova 50 ball;
3-o'rinni - Filologiya fakulteti 308-guruh talabasi Yusufbekova Siddiqa hamda Ijtimoiy–iqtisodiyot fakulteti 302-guruh talabasi Mushtariy Kozimjonova 45.5 ball.  

Universitet bosqichida g'olib bo'lgan talabalar universitet ma'muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘olib talabalarimizni viloyat bosqichidagi ishtirokida omad tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.