Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON VILOYATI YOSHLARI VA MUTAXASSISLARI UCHUN “EL-YURT UMIDI” JAMG'ARMASINING ONLAYN SEMINARI O'TKAZILDI
2023-04-10    543

Bugun, 10-aprel kuni Andjon viloyati Yoshlari, mutaxassislar hamda oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotga talabalar, magistrantlar, hamda doktorantlar uchun “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan zoom dasturi orqali seminar tashkil etildi.

 

Mazkur seminarda Andijon davlat universitetida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan doktorantlar, magistrantlar, tyutorlar va 300 nafarga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

 

Seminarda mutaxassislar tomonidan “El-yurt umidi” jamg'armasi orqali 2018-2022-yillar davomida xorijda ta'lim olgan, bugungi kunda mamlakatimizga qaytib, turli soha va tarmoqlarda samarali faoliyat olib borayotgan stipendiatlar, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan va amaliy faoliyat bilan shug'ullanayotgan iqtidorli va istiqbolli pedagoglar, yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi mutaxassislar uchun (magistratura, doktorantura, stajirovka va malaka oshirish dasturlari bo'yicha) ochiq stipendiya tanlovlari va xorijiy davlatlarning nufuzli ta'lim muassasalarida o'qish istagida bo'lgan yoshlar uchun muhim ma'lumotlar va tushunchalar berib o‘tildi.

 

Seminar davomida ishtirokchilar AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli ta'lim va tadqiqot, innovasiya va amaliyot maskanlarida ta'lim olish va stajirovka o'tash imkoniyatlar bo‘yicha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.