Andijon Davlat
Universiteti
"ISLOHOTLAR BILIMDONI" KO'RIK TANLOVI HAMDA "YIL TALABASI-2022" RESPUBLIKA KO'RIK-TANLOVLARI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI
2023-04-07    755

Xabaringiz bor, Oliy taʼlim muassasalarida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovi hamda "Yil talabasi-2022" respublika ko'rik-tanlovi bo'lib o'tgan edi.

Bugun 7-aprel kuni Poytaxtimiz Toshkentda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tanlovlar g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Taqdirlash marosimida Andijon davlat universiteti vakillari ham ishtirok etdi va quyidagi nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi:

1-o'rin “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasi boʻyicha Umidaxon Ahmedova;

2-o'rin “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasi boʻyicha Filologiya fakulteti tyutori Zulayxo Uzaqova;

3-o'rin “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi boʻyicha Rohilaxon Nuriddinova egalladi.

G'olib va sovrindorlar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining esdalik va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan Umidaxon Ahmedova, Zulayxo Uzaqova hamda talabamiz Rohilaxon Nuriddinovalarni ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.