Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHGa BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2023-04-06    567

Joriy yilning 1-aprel kuni Xonobod shahrida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyatida turizmni izchil rivojlantirish, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish, turizm yo'nalishini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida.

Bugun, 6-aprel kuni Andijon davlat univerisitetining katta majlislar zalida viloyatdagi Andijon davlat universiteti, Andijon iqtisodiyot qurilish instituti, Andijon davlat chet tillar instituti rektorlari boshchiligida turizm salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda oliy ta'lim muassasalarining prorektorlari, mas'ul xodimlar, tarixchi olimlar, dekan o‘rinbosarlari hamda uch oliy ta'lim muassasalarining talabalari ishtirok etdi.

 

Uchrashuv avvalida "Andijonda ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta"- dedi universitetimiz rektori professor Akramjon Yuldashev. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, viloyatda 422 ta madaniy meros, 70 ta turistik obyektlarning mavjudligi bo'yicha malumotlar berdi va Xonobod shahrida bo'lib o'tgan yig'ilishda viloyat rahbari haftaning shanba kuni Turizm kuni deb elon qilganligini ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuv davomida talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, rektorlar tomonidan viloyatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo‘nalishlarda keng qamrovli loyihalarni amalga oshirishda bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar yuzasidan takliflar va maslahatlar berildi.

 

Uchrashuv so‘nggida viloyatimizning tarixiy va diqqatga sazovor obyektlariga biriktirilgan guruh vakillari bilan reja asosida belgilangan muddat davomida ishlashga kelishib olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.