Bugun, 6-aprel kuni Andijon davlat universitetida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostidagi "Targ'ibot" guruhi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Zayniddin Shamsiddinov, universitetimiz Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor A'zamjon Hamraqulov, Toshkent davlat yuridik universitetining 10 nafar "Targ'ibot" guruhi a'zolari, Fizika-matematika fakultetining dekan o'rinbosarlari, professor-oʻqituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda ma'ruzachilar professori, Zayniddin Shamsiddinov hamda "Targ'ibot" guruhi a'zolari tomonidan yurtimizda bo’lib o’tadigan referendum jarayonida Bosh Qomusimiz - Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar haqida keng qamrovli tushunchalar berib, yangilanayotgan Konstitutsiyada professor-oʻqituvchilar maqomini oshirish, yoshlar bandligi taʼminlash, ayniqsa, oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, inson qadrini ulug‘lash borasidagi islohotlar, ilm-fanga oid normalar qariyb ikki barobarga oshirilayotgani bo'yicha atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbirda ishtirokchilar yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’limga oid ko'plab normalar kiritilayotgani haqida ma’lumot olishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI