Bugun, 5-aprel kuni Andijon davlat universitetiga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Zaynutdinova hamda Toshkent pedagogika universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Qodirovadan iborat Respublika ishchi guruhi oliygohimizning talabalar turar joylarida talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni o'rganish maqsadida tashrif buyurdi.
Respublika ishchi guruhi a’zolari universitetning kichik majlislar zalida kutib olinib, universitet bo'ylab talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, ularni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati, sport bilan shug'ullanishlari va hunar o'rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Shundan so'ng, talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga kirib, u yerdagi qulayliklar, xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi. O'rganish yakunida amalga oshirilgan ishlar e'tirof etilib, ayrim kuzatilgan muammolar yuzasidan bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI