Bugun, 5-aprel kuni Andijon davlat universitetida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash nazorat va monitoring bo‘limi hamda UNICON-SOFT MCHJ, Andijon viloyati hududiy filiali hamkorligida "Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlash" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, bo'lim boshliqlari va professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.
Seminarda H.Bahodirov tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda – “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda – qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilinganligi bo'yicha ma'lumot berib, undan qanday foydalanish mumkinligi haqida amaliy tarzda tushunchalar berildi.
Seminar so'nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI