Joriy yilning 5-aprel kuni Andijon davlat universitetida Fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida “Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida “Referendum va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor A'zamjon Hamraqulov, Fizika-matematika fakultetining dekan o'rinbosarlari, professor-oʻqituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan birinchi prorektor A'zamjon Hamraqulov va Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi Xabibullo Husanovlar tomonidan yurtimizda bo’lib o’tadigan referendum jarayonida Bosh Qomusimiz - Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar haqida keng qamrovli tushunchalar berib, talaba-yoshlarga yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotgani, Konstitutsiyadagi tarixiy o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan hamda har bir moddada ahamiyatli boʻlgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI