Andijon Davlat
Universiteti
TALABA-QIZLAR ISHTIROKIDA "BIZ SOG'LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
2023-04-05    587

Andijon davlat universiteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tashabbusi bilan TTJlarda yashovchi talaba-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini barqarorlashtirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish va qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga qaratilgan “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Andijon shahridagi 2-sonli tugʻruq kompleksi bosh vrachi Qosimova Soxibaxon, universitet xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi Umidaxon Ahmedova, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Yekaterina Smesova, pedagogika, filologiya, jismoniy madaniyat, tabiiy fanlar fakulteti dekan maslahatchilari, tyutorlar hamda 2-sonli TTJda istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirok etdi.

Suhbat avvalida Qosimova Soxibaxon sog’lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish uchun nimalar qilish kerakligi, organizmni kasalliklardan himoyalash yo’llari va tibbiy madaniyat to’g’risida tushunchalar berdi. Bundan tashqari sog’lom turmush tarzini tashkil qiluvchi beshta komponent - to’g’ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, faol harakat, zararli odatlardan voz kechish, ruhiy salomatlik to’g’risida ham fikrlar bildirdi.

Suhbat yakunida viloyat kengashi deputati Yekaterina Smesova soʻz olib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga oid fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi, talaba-qizlarni befarq boʻlmaslikka, referendumda fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chaqirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.