Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYA" MAVZUSIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2023-04-04    811

Ayni kunlarda Respublikamiz boʻylab “Referendum 2023: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida targʻibot tadbirlari, davra suhbatlari, maʼnaviy-maʼrifiy va koʻngilochar konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

 

Bugun, 4-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida targʻibot tadbiri o'tkazildi.

Ushbu targʻibot tadbirida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati U.Zokirova, O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kamunal xo'jaligi vazirligi vakili A.Ochilov, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti boʻlim boshligʻi M.Baratov, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti boʻlim boshligʻi A.Xudoyberdiyev, Andijon shahar hokimi maslahatchisi M.Qodirova, universitet xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi U.Ahmedova, Tabiiy fanlar fakultetining professor-oʻqituvchilari hamda 310 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Yangi O‘zbekiston uchun ahamiyati, unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilishini o‘z faoliyatlari misolida ta’kidlab o'tdilar.

Tadbir yakunida barcha qatnashchilarni mamlakatimizni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi, xalqimiz farovon hayotining kelajakdagi mustahkam huquqiy asosi hisoblangan yangilanayotgan Konstitutsiya boʻyicha joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.