Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-martdagi 44-sonli buyrug‘iga muvofiq professional taʼlim muassasalarni metodik va ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan ularga oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va doktorantlarni biriktirish hamda bu borada tizimli ishlarni tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu topshiriqni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 28-mart kuni Andijon davlat universiteti umumtexnika fanlari va mehnat ta'limi kafedrasi katta o‘qituvchilari U.Xusanov va O.Xoliqovlar tomonidan kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli Xonobod sanoat texnikumi faoliyatini o‘rganish hamda o‘quv metodik yordam ko‘rsatish maqsadida o'rganish ishlari olib borildilar.
O'rganish jarayoni avvalida Xonobod sanoat texnikumi direktori J.Mamatov va direktor o‘rinbosarlari bilan suhbatlashib, o‘quv-metodik taʼminot, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, Yoshlar bilan ishlash va ustoz-shogird sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha istiqboldagi rejalar va vazifalar tahlil qilindi. Ishchi guruh tomonidan texnikum faoliyatini o‘rganish natijasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Jarayon so'nggida universitet mas'ullari o‘qituvchilar va muxandis pedagoglar bilan uchrashib, texnikumda mos mutaxassislik (kasb) yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar tayyorlash va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kerakli tavsiya va takliflar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI