Bugun, 3-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlar - inson qadri uchun” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi Xabibullo Husanov O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasidagi islohotlar haqida tushunchalar berib, xalqimizning iroda va takliflarini o‘zida aks ettirayotgan konstitutsiyamiz, millat, xalq manfaati va adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam ekanligini taʼkidlab o'tdi.
"O‘zbekiston – kuchli ijtimoiy davlat sifatida siyosat yuritar ekan, davlatimiz inson qadri uchun qilinishi lozim bo‘lgan barcha ijtimoiy loyihalarni yangilanayotgan konstitutsiyamizda mustahkam belgilab qo‘ygani hamda har bir O‘zbekiston fuqarosi konstitutsiyaviy islohotlarga mas’uliyatli yondashishi lozim" - deydi Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Tursunboy Mo'ydinov.
Tadbir so'nggida, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI