Hurmatli professor-o‘qituvchilar diqqatiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 martdagi 266-sonli “Oliy ta’lim muassasasi eng yaxshi pedagogi” umumrespublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha Andijon davlat universitetida “ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING ENG YAXSHI PEDAGOGI” TANLOVI o‘tkazilmoqda. Tanlov ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:
- a) «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog», bunda tegishli fan (kurs) bo‘yicha o‘qitish metodikasiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
- b) «Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi», bunda pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
- v) «Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog», bunda zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash sohasidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.
Tanlovda kamida 3 yil to‘liq me’yor bo‘yicha faoliyat yuritayotgan, yoshi, ilmiy darajasi va unvonidan qat’iy nazar, bakalavriat yoki magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha kurslardan birida (leksiya, seminar, amaliy yoki laboratoriya) mashg‘ulotlari olib borayotgan, shtatli professor-o‘qituvchilar hujjatlarini tanlov komissiyasiga (o‘quv-uslubiy boshqarmaga) 2018 yilning 15 aprel kuniga qadar kechiktirmasdan taqdim etishlari so‘raladi.
Tanlov ishtirokchilari belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha ochiq mashg‘ulotlarni 2018 yilning 25-apreldan 15-maygacha tashkil etadi va nominatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan baxolanadi.
Nominatsiyalar bo‘yicha 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan Tanlov ishtirokchilari Andijon davlat universitetining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadilar, tegishli ravishda egallab turgan lavozimiga ko‘ra shtatdagi maoshi miqdorining 1; 0,75 va 0,5 koeffitsienti miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.
Andijon davlat universiteti bosqich doirasida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning tegishli xujjatlarini Respublika bosqichiga, Bosh ilmiy-metodik Markazga taqdim etiladi.
Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar lavozim maoshining 5 barobari miqdorida mukofotlanadi.
Murojaat uchun: O‘quv-uslubiy boshqarma
Murojaat uchun telefon: +998(91) 497-70-17
TANLOV ISHTIROKCHISIGA TALABLAR
Mazkur oliy ta’lim muassasasining kamida 3 yil to‘liq stavka bo‘yicha faoliyat yuritayotgan, yoshi, ilmiy darajasi va unvonidan qat’i nazar, bakalavriat yoki magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha kurslardan birida (leksiya, seminar, amaliy yoki laboratoriya) mashg‘ulotlari olib borayotgan, Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq hujjatlar topshirgan shtatli pedagogi Tanlov ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
“ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETNING ENG YAXSHI PEDAGOGI” TANLOVIGA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI
- Oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirining (Tanlovda kafedra mudiri qatnashgan hollarda tavsiyanoma o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tomonidan beriladi) Tanlov ishtirokchisining oliy ta’lim muassasasidagi pedagogik, kasbiy va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnomasi;
- Tanlov ishtirokchisining pedagogik konsepsiyasi tavsifi (3-6 bet bosma matnli hajmda);
- Tanlov ishtirokchisining ahamiyatli bo‘lgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy materiallari yoki ijodiy ishlari, ularga tashqi taqrizlar bilan birga;
- Turli tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);
- 5. Grantlar asosidagi faoliyatda qatnashganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, unda grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, qatnashishning shakli va darajasi ko‘rsatiladi;
- Konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar, ularda maqomi va nomi, o‘tkazilgan joyi, shaxsan ishtirok etish darajasi (ma’ruzachi, hamma’ruzachi, tashkilotchi) ko‘rsatiladi;
- Xalqaro loyihalar va dasturlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi, moliyalashtirish manbalari va hajmi, ishtirok etish darajasi ko‘rsatiladi);
- Malaka oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash kurslaridan, stajirovkadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarning va guvohnomalarning nusxalari (mavzusi, soatlar hajmi va o‘tkazilgan joyi ko‘rsatiladi);
- E’lon qilingan materiallarining belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati;
- Bevosita Tanlov ishtirokchisi rahbarligida tanlovlarda, loyihalarda, olimpiadalarda ishtirok etish uchun tayyorlangan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek uning kasbiy o‘sishi va yutuqlari haqidagi boshqa materiallar.
- 25 aprel — 15 may mobaynida Tanlov ishtirokchisi tomonidan akademik guruhda Tanlov komissiyasi vakili ishtirokida ochiq dars o‘tkazilishi kerak, ochiq mashg‘ulotning mavzusi, turi va shaklini, shuningdek talabalar guruhini ularning ta’lim yo‘nalishi va tayyorlagan mavzusidan kelib chiqqan holda tanlash huquqiga ega.
Hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlarda Tanlov ishtirokchisining so‘nggi 3 yildagi faoliyatiga doir ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
TANLOV NOMINATSIYALARI
a) «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog», bunda tegishli fan (kurs) bo‘yicha o‘qitish metodikasiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
b) «Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi», bunda pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
v) «Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog», bunda zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash sohasidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.
Tanlov ishtirokchisining pedagogik konsepsiyasi tavsifi
(3-6 bet bosma matnli hajmda)
- Ta’lim muassasining tavsifi
( bunda ADU, fakultet, kafedrasi yo‘nalish tarixi yoritiladi)
- Pedagogning motivatsiyasi
(bunda nima uchun shu yo‘nalishda o‘qituvchi bo‘ldi)
- Dars o‘tadigan yo‘nalishdagi talabalar tavsifi ularning qiziqishi
- Dars o‘tish uslubi
(inovatsion texnologiyalar va AKT dan foydalanishi)
Pedagogik konsepsiyasini xar bir o‘qituvchi shaxsan o‘zi yozadi
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI