Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA “REFERENDUM – 2023: KELAJAGING UCHUN OVOZ BER!” SHIORI OSTIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2023-04-01    730

Bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida targʻibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi Xabibullo Husanov referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda yoshlarga ayniqsa, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida atroflicha tushuntirishlar berdi.

 

Uchrashuvda "O‘zbekistonda o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etilishi mustahkamlanmoqda" deydi - Yoshlar ittifoqi yetakchisi Omadbek Olimjonov.

 

Tadbir so'nggida, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha ma'lumot oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.